Qozog‘istonning Irg‘iz tumanida mehnat muhojirlari bo‘lgan avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgan 52 kishidan 49 nafarining shaxsi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shaxsi aniqlangan 49 kishidan 31 nafari Namanganning To‘raqo‘rg‘on, ikki nafari Uchqo‘rg‘on, 14 nafari Farg‘onaning Toshloq tumanlaridan, bir nafari Andijonning Qorasuv shahridan. Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida Toshkent shahri va viloyatidan ham bir nafardan vatandosh bor.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 20 yanvar kuni halok bo‘lganlarning jasadi “IL-76” maxsus harbiy-transport samolyotida Toshkentga olib kelingan.
Yaqin vaqtda shaxsni aniqlash ishlari yakunlanib, marhumlarning to‘liq ro‘yxati e’lon qilinishi kutilmoqda.
Samara-Chimkent avtoyo‘lining Qozog‘istondan o‘tadigan qismida 18 yanvarda 57 kishi borayotgan avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar odam halok bo‘lgan, 5 nafar odam yonayotgan avtobusdan qochib chiqishga ulgurgan edi.
Halok bo‘lgan va jabrlanganlarning aksari Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Katta qurama", "O‘zbekiston", "Bozorboshi", "Shohidon" va Kosonsoyning "Chindavul" mahalla fuqarolari yig‘inidan bo‘lgan.
Ular orasida Farg‘onaning Farg‘onaning Toshloq tumanidan 14 nafar, Andijonning Qorasuv shahri, Toshkent shahri va viloyatidan ham vatandoshlar fuqaro bor.
Halok bo‘lganlar ro‘yxati:
Andijon viloyati, Qorasuv shahri
1. Norboev Islombek Muxedin o‘g‘li 31.10.1998, Paxtachi ko‘chasi, 61 uy
Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani
2. Madraximov Xamidullo Mirzaabdullaevich 05.12.1986 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
3. Madraximov Xabibullo Mirzabdullo o‘g‘li 13.02.1991 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
4. Turaev Abdunazar Umaralievich 10.03.1980 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
5. Sulaymonov Zayniddin Jakbaralievich 12.10.1989 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
6. Mamadaliev Mamurjon Axmadjon o‘g‘li 01.09.1992 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
7. Nishonov Otabek Anvar o‘g‘li 16.10.1990 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
8. Abdumuminov Kaxramon Abdugafur o‘g‘li 16.12.1994 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
9. Nishanov Akmaljon Avazbek o‘g‘li 24.08.1996 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
10. Umaraliev Solijon Obidjon o‘g‘li 13.08.1995 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
11. Sulaymonov Olimjon Muxammadjonovich 12.09.1976 "Katta qurama" MFY, raqamsiz uy
12. Xoshimbaev Nurmuxammad Kamoliddinovich 27.05.1997 "O‘zbekiston" MFY, raqamsiz uy
13. Murodullaev Boxodir Akbarali o‘g‘li 17.07.1998 "O‘zbekiston" MFY, raqamsiz uy
14. Kuchkarov Elmurod Shavkatovich 10.06.1996 "O‘zbekiston" MFY, raqamsiz uy
15. Mirsaidov Mirzoxid Mirkomilovich 30.08.1981 Shaxand qishlog‘i "Bozorboshi" MFY, raqamsiz uy
16. Nazarov Ma’murjon Maxmudjonovich 27.02.1984 "O‘zbekiston" MFY
17. Yulchibaev Komiljon Karimovich 10.10.1980 "O‘zbekiston" MFY, raqamsiz uy
18. Raxmonov Omonullo Uktamjon o‘g‘li 17.08.1997 "Shohidon" MFY
19. Valiev Muxammadrizo Bokiboy o‘g‘li 31.10.1996 "Shohidon" MFY
20. Xusniddinov Muxamadin Abdurashid o‘g‘li 02.12.1998 "Shohidon" MFY
21. Zokirov Shoxrux Toxirjon o‘g‘li 07.02.1997 "Shohidon" MFY
Kosonsoy tumani
22. Gafurov Abdulatif Abdumutalovich 03.10.1977 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy
23. Xamraev Ibroximjon Ismailovich, 20.09.1984, "Chindavul" MFY, raqamsiz uy
24. Zaripov Axmadjon Ikromovich 25.01.1980, "Chindavul" MFY, raqamsiz uy
25. Abdullajanov Ismoiljon Egamberdi o‘g‘li 14.05.1998, "Chindavul" MFY, raqamsiz uy
26. Imomadiev Voxidjon Vakosxonovich 10.07.1987 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy
27. Esanov Abduvoxid Abdurazokovich 15.03.1979 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy
28. Hotamov Qahramon Abdullajonovich 27.05.1986 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy
29. Sotvoldiev Alisher Abduraimovich 14.08.1976 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy
30. Xamraev Ibroximjon Mavlonxonovich 20.09.1984 Yoshlik QFY "Xurriyat" MFY
Uchqo‘rg‘on tumani
31. Irisov Farxod Muminjon o‘g‘li 19.07.1995 "Kugay" QFY, raqamsiz uy
32. Mingbaev Ergashboy Tursunbaevich 10.11.1989 "Kugay" QFY, raqamsiz uy
Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani
33. Marifdjanov Adxamjon Akbarovich 02.10.1970 "Furqat" MFY
34. Ma’rifjonov Avazbek Adxamjon o‘g‘li 25.08.1997 "Furqat" MFY
35. Jabborov Elmurod Abdugaffor o‘g‘li 01.07.1993 Paxtakor qishlog‘i, "Axshak" FY
36. Ganijonov Daniyor Gofirjon o‘g‘li 12.06.1998, Sadda qishlog‘i, "Sadda" FY
37. Kurbanov Gulomjon Ruziboevich 04.01.1983 So‘filar qishlog‘i, "Sadda" FY
38. Muxsinjonov Abdulboqi Isroiljon o‘g‘li 25.12.1996 Tojik qishlog’i, "Birlik" FY
39. Nabiev Bexzod Baxtiyorjon o‘g‘li 13.06.1997 Tojik qishlog‘i, "Birlik" FY
40. Muxsinjonov Turdiali Isroiljon o‘g‘li 10.07.1994 Tojik qishlog‘i, "Birlik" FY
41. Rahmonaliev Murodjon Maqsudali o‘g‘li 20.09.1999 "Toshlok" shaharchasi, Ulug‘bek ko‘chasi, 3 uy.
42. Toshmatov Turdali Tursinovich 25.05.1969 "Toshlok" shaharchasi, Qashqar maxalla ko‘chasi
43. Sodiqov Adaxamjon Solijon o‘g‘li 13.12.1995 So‘filar qishlog‘i, "Sadda" FY
44. Sotvoldiev Sirojiddin Saidolim o‘g‘li 02.10.1996 Shuvakzor qishlog‘i "Axshak" FY
45. Xasanchaev Abdumalik Djabborovich 05.02.1968 Paxtakor qishlog‘i, "Axshak" FY
46. Abduxamidov Abdullajon Ruzimatjon o‘g‘li 18.06.1996 "Balandko‘prik" qishlog‘i
47. Eminov Kaxramon Kaxxorovich 12.08.1991 Shuvakzor qishlog‘i "Axshak" FY
Toshkent shahri
48. Tursunov Xurshidxon Usmanxanovich 19.09.1981 Olmazor tumani, Hikmat Raxmonov ko‘chasi, 22 uy
Toshkent viloyati
49. Umarjonov Muxiddinjon Nuriddin o‘g‘li 14.05.1998 Quyichirchiq tumani, O‘zbekiston FY.
Bu Qozog‘iston va Rossiyada so‘nggi bir yilda O‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan yagona yirik halokat emas.
2017 yilning 22 iyun kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidan o‘tuvchi Samara-Chimkent yo‘lining 946-kilometrida O‘zbekistonning 50 nafar vatandoshini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida vatanga qaytayotgan 9 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 17 kishi turli darajada jarohatlangandi.
2017 yilning 6 oktabr kuni tongida esa Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida 55 nafar o‘zbekistonlik borayotgan avtobusni poyozd urib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan edi.