Линклар

Шошилинч хабар
12 сентябр 2025, Тошкент вақти: 15:26

G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti bo‘ldi (VIDEO)


AQSh "Qora ro‘yxat"iga kiritilgan​ o‘zbekistonlik taniqli ishbilarmon va metsenat G‘afur Raximov Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqdagi qaror shanba kuni Franko Falchinelli Xalqaro boks federatsiyasi muvaqqat prezidenti vazifasini tark etishi ortidan olindi. AIBAning yangi prezidenti federatsiyaning noyabr oyida Moskvada bo‘ladigan qurultoyida saylanadi.

27 yanvar kuni Xalqaro boks federatsiyasining qurultoyida G‘ofur Rahimov AIBAning vaqtinchalik prezidenti etib saylandi.

AIBAning prezidentligi uchun saylovlar 2018 yilning noyabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tadi va ungacha Rahimov vaqtinchalik prezident vazifasini bajarib turadi.

G‘ofur Rahimov o‘zbekistonlik tadbirkor bo‘lib, ayni paytda Osiyo boks assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi.

AIBA rasmiy saytida qayd etilishicha, uning nomzodi Rossiya Federatsiyasi tomonidan ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston federatsiyasidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, G‘ofur Rahimov nomzodini O‘zbekiston boks federatsiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan.

AIBA анжуманидаги Ғофур Раҳимов нутқи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:29 0:00
Бевосита линк

Xalqaro boks federatsiyasining bundan oldingi prezidenti Vu Chjing Guo 2006 yildaning 2017 yilning noyabr oyiga qadar tashkilot rahbari sifatida ishlagandi.

So‘nggi 3 oydan buyon esa bu o‘rin bo‘sh qolib, Franko Falchinelli vaqtinchalik prezident vazifasini bajarib kelayotgandi.

67 yoshli G‘ofur Rahimov 1998 yildan buyon AIBA ijroya qo‘mitasi a’zosidir.

2002 yildan 2012 yilgacha u ushbu tashkilot vitse-prezidenti ham bo‘lgan.

2012 yilda AQShning Moliya vazirligi dunyoda faoliyat yuritayotgan va kelib chiqishi sobiq Sovet xududlaridan bo‘lgan uyushgan jinoiy tashkilotning yetti a’zosi va ikki yapon mafiyasiga qarshi jazo choralarini kiritgan.

AQSh "Qora ro‘yxat"iga kiritilganlar orasida G‘ofur Rahmiov ham bor.

AQSh moliya vazirligi G‘ofur Rahimovni Markaziy Osiyo mamlakatlarida giyohvand moddalarni ishlab chiqarish asosiy sohasi bo‘lgan uyushgan O‘zbek jinoiy guruhining rahbarlaridan biri deya ta’riflagan.

Ayni paytda G‘ofur Rahimov O‘zbekistonda xayriya ishlari bilan ham yaxshi tanilgan.

XS
SM
MD
LG