Линклар

Шошилинч хабар
12 сентябр 2025, Тошкент вақти: 10:55

Farg‘onada yo‘qolgan 2 yoshli Muhammadsodiqning jasadi ariqdan topildi


2 yoshli Muhammadsodiq No‘monjonovning bedarak yo‘qolgani haqida Ozodlik 8 mart kuni xabar bergan edi.
2 yoshli Muhammadsodiq No‘monjonovning bedarak yo‘qolgani haqida Ozodlik 8 mart kuni xabar bergan edi.

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 7 mart kuni yo‘qolgan 2 yoshli Muhammadsodiq No‘monjonov yo‘qolganidan 5 kun o‘tib uyi oldidan o‘tuvchi ariqdan jonsiz topildi. Farg‘ona viloyat huquq-tartibot idoralaridan biri mulozimining Ozodlikka aytishicha, qarovsiz qolgan Muhammadsodiq uyidan chiqib ketgan va yuz metr naridagi ariqda cho‘kib o‘lgan.

Militsiya bolani 5 kun davomida qidirib, 12 mart kuni uning jasadini ariqdan topgan.

Viloyat huquq-tartibot idoralaridan biri mulozimining Ozodlikka aytishicha, onasining bee’tiborligi sabab Muhammadsodiq suvga cho‘kib o‘lgan.

- Bola nazoratsiz qolib ariqqa borgan, suv oqizib ketgan. Uning jasadi uyi oldidan o‘tuvchi ariqdan, cho‘kkan joyidan sakkiz yuz metr naridan topildi, - dedi Farg‘ona huquq-tartibot idoralaridagi manba.

2 yoshli Muhammadsodiq No‘monjonovning bedarak yo‘qolgani haqida Ozodlik 8 mart kuni xabar bergan edi.

Farzandi suvga cho‘kib o‘lgan oilaning qarindoshlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda bolaning yo‘qolishi tafsilotlarini 14 mart kuni gapirib berdi.

- Bola yarim soat nazoratsiz qolib ketgan. Onasi 8 mart arafasi baliq yegani borish uchun bolani eshik oldida qo‘yib, kiyingani kirib ketgan, yarim soatdan so‘ng chiqib qarasa bola yo‘q. Qidirmagan joyimiz qolmadi. O‘likxonalargacha izladik, folbinlargacha bordik. O‘ligi ariqdan chiqdi. Onaning e’tiborsiziligi deb norasida o‘lib ketdi, - deydi oilaning ismi sir qolishini istagan qarindoshlaridan biri.

Ozodlik 14 mart kuni o‘lgan bolaning onasi bilan ham bog‘landi.

Onasi Zamira opa bolani bee’tibor qoldirmagani, eshik ochiq qolgani bois uydan o‘zi chiqib ketganini aytdi.

- Bolani yolg‘iz qoldirmaganmiz. 20 minutni ichida bo‘ldi. Shom payti edi. Eshik ochiq qolgan, o‘zi chiqib ketgan, chaqqon bola edi, - deydi ona.

Farg‘onada ota-onalar yoki kattalar e’tiborsizligi sabab bola nobud bo‘lishi so‘nggi bir oy ichida ikkinchi marta kuzatilyapti.

O‘tgan oyda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 5 yashar Kibriyoxon ismli qizcha o‘g‘irlangan, keyinchalik uning jonsiz jasadi u boradigan bog‘chadan 8 kilometr naridagi Oqbo‘yra qishlog‘idan topilgan edi.

Hozirgacha bu voqea yuzasidan borayotgan tergov tugamagani iddaosi bilan¸ ichki ishlar tizimi rasmiylari¸ jamoatchilikka uning tafsilotlarini e’lon qilgani yo‘q.

Ozodlik bilan suhbatda o‘lik holda topilgan qizaloq yaqinlari¸ Oltiariq tuman ichki ishlar bo‘limi tergovchilarini¸ ishni qotillik emas¸ balki "baxtsiz tasodif" sifatida yopishga urinayotganlikda ayblagan edi.

XS
SM
MD
LG