Линклар

Шошилинч хабар
12 сентябр 2025, Тошкент вақти: 03:54

IShIDga aloqadorlikda ayblangan Avakyan manzil koloniyasiga chiqarilgan


O‘zbekistonda islomiy ekstremist guruhlarga aloqadorlikda ayblanib, 7 yilga qamalgan armani nasroniy Aramais Avakyan manzil koloniyasiga chiqarilgan. Jizzaxlik huquq faoli O‘ktam Pardaev bu haqda Ozodlikka ma’lum qildi. Pardaevga ko‘ra, Avakyan 4 may kuni oilasiga Jizzaxdagi manzil koloniyasiga olib o‘tilgani va muddatidan oldin qamoqdan chiqishi mumkinligini aytgan.

Jizzaxlik huquq faoli O‘ktam Pardaev Ozodlik bilan suhbatda Avakyan 4 may kuni Toshkentdagi "Toshturma" nomi bilan mashhur bo‘lgan qamoqxonadan Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi ochiq tipdagi manzil koloniyaga etap qilinganini aytdi.

“Bu Avakyanning deyarli ozod bo‘lganini anglatadi. Uni o‘ziga ham ikki oy ichida ozod etilishini aytishgan”, - dedi O‘ktam Pardaev.

Жиззахлик ҳуқуқ фаоли Ўктам Пардаев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:29 0:00
Бевосита линк

Kanadada yashovchi jizzaxlik mustaqil jurnalist Ulug‘bek Ashur ham 4 may kuni o‘zining Facebook sahifasida Aramais Avayanning manzil koloniyasiga o‘tkazilgani haqda xabar qildi.

2016 yil fevral oyida Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudi IShIDchilikda ayblangan armani nasroniy Aramais Avakyan va uning to‘rt sherigini qo‘poruvchilik, o‘g‘rilik, diniy ekstremistik tashkilotlar tuzish kabi moddalari bo‘yicha aybdor deb topgan.

Sud armani nasroniyga 7 yil, qolgan to‘rt kishiga 5 yildan 12 yilgacha qamoq jazosini bergan edi.

O‘zbekistonlik huquq faollari hamda Xalqaro Amnistiya, Xyuman Rayts Votch kabi xalqaro tashkilotlar Avakyan va uning sheriklari qamoqda qiynoqqa solingani va ular ustidan adolatsiz sudlov o‘tkazilganini aytib, mahkumlarning ozod etilishini talab qilgan.

2015 yilning sentabrida Jizzaxda hibsga olingan baliqchi fermer Avakyanni ozod qilish chaqirig‘i bilan onlayn-petitsiya ham tashkil etilgandi.

Millati arman bo‘lgan Avakyan nasroniy bo‘lishiga qaramasdan IShIDga aloqadorlikda ayblangani Armaniston hukumatini e’tiborsiz qoldirmagan. Armaniston Ombudsmani o‘zbekistonlik hamkasbiga Avakyanning taqdiri borasida tashvish bildirib, xat yo‘llagandi.

XS
SM
MD
LG