Моб:+79258363937 (шошилинч хабарлар)
Емайл: bobomatovu@rferl.org
O‘zbekiston Futbol federatsiyasining (O‘FF) navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Umid Ahmadjonov Federatsiya prezidenti etib saylangani kuzatuvchilar va futbol mutaxassislari noroziliklarini keltirib chiqardi. Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek futbol jamoatchiligi vakillari saylov FIFA va O‘FF qoidalarining qo‘pol tarzda buzilishi bilan amalga oshirilganini ta’kidladi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu da’volarni asossiz, deb atadi.
Ўзбекистон Футбол федерациясининг (ЎФФ) навбатдан ташқари ҳисобот-сайлов конференциясида Умид Аҳмаджонов Федерация президенти этиб сайлангани кузатувчилар ва футбол мутахассислари норозиликларини келтириб чиқарди. Озодлик билан суҳбатда ўзбек футбол жамоатчилиги вакиллари сайлов ФИФА ва ЎФФ қоидаларининг қўпол тарзда бузилиши билан амалга оширилганини таъкидлади. Ўзбекистон Профессионал футбол лигаси бу даъволарни асоссиз, деб атади.
12 sentabrda Rossiyada O‘zbekiston Madaniyati kunlari boshlandi. Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlanib, Kremlda tantanali ravishda ochilishi kutilayotgan Madaniyat kunlari 13 sentabrda Butunrossiya dekorativ-amaliy va xalq san’ati muzeyida davom etadi.
12 сентябрда Россияда Ўзбекистон Маданияти кунлари бошланди. Россия билан Ўзбекистон ўртасида дипломатик алоқалар ўрнатилганининг 25 йиллигига бағишланиб, Кремлда тантанали равишда очилиши кутилаётган Маданият кунлари 13 сентябрда Бутунроссия декоратив-амалий ва халқ санъати музейида давом этади.
Moskva shahar sudi O‘zbekiston tomonidan ekstremizmda ayblanayotgan 37 yoshli o‘zbekistonlik Ravshan Rahimovni birinchi marotaba berib yubormaslik to‘g‘risida qaror chiqardi. Ammo, sudning ozod qilish to‘g‘risidagi qaroriga qaramasdan politsiya olib ketgan o‘zbek muhojirini himoyachilar oyog‘i singan va ko‘zi ko‘kargan holda ikki kun o‘tib politsiya bo‘limida aniqladi.
Москва шаҳар суди Ўзбекистон томонидан экстремизмда айбланаётган 37 ёшли ўзбекистонлик Равшан Раҳимовни биринчи маротаба бериб юбормаслик тўғрисида қарор чиқарди. Аммо, суднинг озод қилиш тўғрисидаги қарорига қарамасдан полиция олиб кетган ўзбек муҳожирини ҳимоячилар оёғи синган ва кўзи кўкарган ҳолда икки кун ўтиб полиция бўлимида аниқлади.
Moskvaning Domodedovo aeroportiga kelib tushgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri mahalliy taksichilar tuzog‘idan arang qutuldi. O‘z boshidan kechirgan beruniylik yigit O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelayotgan muhojirlarni manzilga arzon yetkazib qo‘yishni taklif qilayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi.
Москванинг Домодедово аэропортига келиб тушган ўзбекистонлик меҳнат муҳожири маҳаллий таксичилар тузоғидан аранг қутулди. Ўз бошидан кечирган берунийлик йигит Ўзбекистон, Қирғизистон ва Тожикистондан келаётган муҳожирларни манзилга арзон етказиб қўйишни таклиф қилаётган шахслардан эҳтиёт бўлишни тавсия қилди.
O‘zbekistonni tark etib, Rossiyaning Qozon shahrida yashayotgan Ma’rifat Xudoynazarova voyaga yetmagan o‘g‘li 5 oydan buyon vaqtincha saqlash markazida ushlab turilganidan Ozodlikka shikoyat qildi. Ona o‘g‘lining Toshkentga berib yuborilishidan xavfsiramoqda. Xudoynazarovaning iddaosicha, uning oilasini Navoiy viloyat maxsus xizmatlari diniy ayblovlar bilan ta’qib qilmoqda, o‘zi ham, eri ham O‘zbekistonda ichki qidiruvda.
Ўзбекистонни тарк этиб, Россиянинг Қозон шаҳрида яшаётган Маърифат Худойназарова вояга етмаган ўғли 5 ойдан буён вақтинча сақлаш марказида ушлаб турилганидан Озодликка шикоят қилди. Она ўғлининг Тошкентга бериб юборилишидан хавфсирамоқда. Худойназарованинг иддаосича, унинг оиласини Навоий вилоят махсус хизматлари диний айбловлар билан таъқиб қилмоқда, ўзи ҳам, эри ҳам Ўзбекистонда ички қидирувда.
FSB Moskvada xudkushlik sodir etishga hozirlanganlikda ayblanayotgan yana 3 markaziy osiyolik muhojir va bir rossiyalikni qo‘lga oldi. Rus maxfiy xizmatlari ular transport tizimi va savdo markazlarida portlash uyushtirishga hozirlangan, deya iddao qilmoqda.
ФСБ Москвада худкушлик содир этишга ҳозирланганликда айбланаётган яна 3 марказий осиёлик муҳожир ва бир россияликни қўлга олди. Рус махфий хизматлари улар транспорт тизими ва савдо марказларида портлаш уюштиришга ҳозирланган, дея иддао қилмоқда.
26 iyul kuni O‘zbekistondan 2 yosh bolasi bilan Moskvaga uchib kelgan ayol Rossiyaga kiritilmadi va O‘zbekistonga qaytarib yuborildi. 8 avgust kuni esa, ayolning turmush o‘rtog‘i - 38 yashar Abror Xidirov Moskvada O‘zbekiston ma’murlari talabi bilan qo‘lga olindi. O‘zbekistonda diniy motivlar bilan qidiruvga berilgani aytilayotgan Xidirovni Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti o‘z himoyasiga oldi.
26 июл куни Ўзбекистондан 2 ёш боласи билан Москвага учиб келган аёл Россияга киритилмади ва Ўзбекистонга қайтариб юборилди. 8 август куни эса, аёлнинг турмуш ўртоғи - 38 яшар Аброр Хидиров Москвада Ўзбекистон маъмурлари талаби билан қўлга олинди. Ўзбекистонда диний мотивлар билан қидирувга берилгани айтилаётган Хидировни Москвадаги “Фуқаровий кўмак” ташкилоти ўз ҳимоясига олди.
Ikki nafar rossiyalik politsiya xodimiga qarshilik ko‘rsatib, ularni pichoqlab ketganlikda gumonlanayotgan 25 yashar o‘zbek muhojiri qidiruvga berildi. Samara politsiyasi qochoqning ota-onasi nomidan videomurojaat hozirladi.
Икки нафар россиялик полиция ходимига қаршилик кўрсатиб, уларни пичоқлаб кетганликда гумонланаётган 25 яшар ўзбек муҳожири қидирувга берилди. Самара полицияси қочоқнинг ота-онаси номидан видеомурожаат ҳозирлади.
Moskvadagi Sheremetyevo aeroporti yangi terminali qurilishida ishlayotgan bir guruh o‘zbek muhojirlari o‘zbekistonlik xonanda Murodbek Qilichevning konsertiga chiptalar majburlab sotilganini Ozodlikka xabar qildi. Konsertning Moskvadagi tashkilotchilari yuzlab chipta o‘rtakash firmalar tomonidan tarqatilgani va ularning majburlab sotishga aloqasi yo‘qligini gapirmoqda.
Moskvada 1 avgust kuni O‘zbekiston va Armanistondan kelgan mehant muhojirlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etildi. Mushtlashuvda jarohat olgan 6 nafar muhojir Moskva shahar kasalxonalariga olib ketildi.
Москвада 1 август куни Ўзбекистон ва Арманистондан келган меҳант муҳожирлари ўртасида оммавий муштлашув содир этилди. Муштлашувда жароҳат олган 6 нафар муҳожир Москва шаҳар касалхоналарига олиб кетилди.
1 avgust kuni Moskva viloyat sudida “GTA to‘dasi” ishi yuzasidan ko‘rilayotgan mahkama jarayonida bir necha marta o‘q uzilib, uch sudlanuvchi otib o‘ldirildi. Rossiya Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, ayblanuvchilar liftda soqchilarga tashlanib, ularning qurolini tortib olmoqchi bo‘lgan. Mosoblsud binosidan ishchi-xizmatchilar evakuatsiya qilindi.
Давомини ўқинг