тел: +420 2 2112 3387 mobile:+420 605 562 270 (шошилинч хабарлар) twitter: khurmatb skype: khurmatskype facebook:Khurmat Babadjanov
O‘zbekistonda gaz ballonlar bilan jihozlangan avtomobillar va gaz to‘ldirish shoxobchalarini yoppasiga xatlovdan o‘tkazish boshlangan. Xatlov o‘tgan hafta Buxoroda besh kishi o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus portlashi hodisasi ortidan amalga oshirilmoqda.
AQSh Mehnat departamenti “Bolalar mehnati yoxud majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxati”ni – e’lon qildi. Bu ro‘yxatda dunyodagi 76 mamlakatda ishlab chiqarilgan 148 ta mahsulot o‘rin olgan. Bu yil O‘zbekiston paxtasi ushbu ro‘yxatdan o‘chirildi.
Ўзбекистонда газ баллонлар билан жиҳозланган автомобиллар ва газ тўлдириш шохобчаларини ёппасига хатловдан ўтказиш бошланган. Хатлов ўтган ҳафта Бухорода беш киши ўлимига сабаб бўлган автобус портлаши ҳодисаси ортидан амалга оширилмоқда.
АҚШ Меҳнат департаменти “Болалар меҳнати ёхуд мажбурий меҳнатдан фойдаланган ҳолда ишлаб чиқарилган товарлар рўйхати”ни – эълон қилди. Бу рўйхатда дунёдаги 76 мамлакатда ишлаб чиқарилган 148 та маҳсулот ўрин олган. Бу йил Ўзбекистон пахтаси ушбу рўйхатдан ўчирилди.
Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani Zarqaynar mahallasi aholisi vakillari tuman hokimini qabriston uchun ajratilgan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, qabrlarni oyoq osti qilgan xolda paxta va boshqa ekin ekish uchun fermer xo‘jaligiga sotib yuborganlikda ayblamoqda. Beshariq tumani yer resurslari va Davlat kadastr bo‘limining Ozodlik bog‘langan mulozimi qabriston uchun 1966 yilda ajratilgan 10 gektar yerning 4 gektari Yusupova Madina fermer xo‘jaligi balansiga o‘tgan yili qonuniy asosda o‘tkazilganini aytdi. Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan beshariqliklar qabriston yerining uchdan bir qismi fermer xo‘jaligiga o‘tkazilishi oqibatida qabriston atrofida sanitariya himoya zonasi buzilgani, u yerni obodonlashtirish uchun daraxt ekishga yer qolmaganidan tashvish bildirmoqda.
Фарғона вилоятининг Бешариқ тумани Зарқайнар маҳалласи аҳолиси вакиллари туман ҳокимини қабристон учун ажратилган ерни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиб, қабрларни оёқ ости қилган холда пахта ва бошқа экин экиш учун фермер хўжалигига сотиб юборганликда айбламоқда. Бешариқ тумани ер ресурслари ва Давлат кадастр бўлимининг Озодлик боғланган мулозими қабристон учун 1966 йилда ажратилган 10 гектар ернинг 4 гектари Юсупова Мадина фермер хўжалиги балансига ўтган йили қонуний асосда ўтказилганини айтди. Озодлик билан суҳбатда бўлган бешариқликлар қабристон ерининг учдан бир қисми фермер хўжалигига ўтказилиши оқибатида қабристон атрофида санитария ҳимоя зонаси бузилгани, у ерни ободонлаштириш учун дарахт экишга ер қолмаганидан ташвиш билдирмоқда.
Samarqandning Nurobod tumanida militsiya zobiti do‘kon sotuvchisi bo‘lgan o‘rta yoshlardagi ayolni jamoat joyida ro‘mol o‘ragani uchun Ichki ishlar bo‘limiga olib ketishga urinayotgani aks etgan bir necha video parcha Ozodlik redaksiyasiga 13 sentabr kuni kelib tushdi. Sotuvchi ayolning eri militsiyani o‘z rafiqasining e’tiqodini toptaganlikda aybalaydi. Nurobod tumani IIBsining Terrorizm va uyushgan jinyatga qarshi kurash bo‘limi tergovchisi Jahongir Abdunabiev esa Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston ma’muriy kodeksiga ko‘ra ayollar jamoat joylarida hijobda yurishi mumkin emasligini aytadi.
Самарқанднинг Нуробод туманида милиция зобити дўкон сотувчиси бўлган ўрта ёшлардаги аёлни жамоат жойида рўмол ўрагани учун Ички ишлар бўлимига олиб кетишга уринаётгани акс этган бир неча видео парча Озодлик редакциясига 13 сентябрь куни келиб тушди. Сотувчи аёлнинг эри милицияни ўз рафиқасининг эътиқодини топтаганликда айбалайди. Нуробод тумани ИИБсининг Терроризм ва уюшган жинятга қарши кураш бўлими терговчиси Жаҳонгир Абдунабиев эса Озодлик билан суҳбатда Ўзбекистон маъмурий кодексига кўра аёллар жамоат жойларида ҳижобда юриши мумкин эмаслигини айтади.
Surxondaryoning Termiz shahri markazidagi Xotira bog‘ida 10 sentyabr kuni “ahloqiy jinoyatlar”ga qarshi hokimlik uyushtirgan sayyor yig‘inda fohisha deb ko‘rilgan 18 yoshli qizning onasi va qarindoshlari sazoyi qilindi. Bu haqda shu yig‘inda qatnashgan ayrim termizliklar Ozodlikka ma’lum qildi. Termiz shahar hokimi Isroil Hudoyberdiev ham hokimlikning axborot xizmati ham hozirgacha hodisani izohlamadi.
Сурхондарёнинг Термиз шаҳри марказидаги Хотира боғида 10 сентябр куни “аҳлоқий жиноятлар”га қарши ҳокимлик уюштирган сайёр йиғинда фоҳиша деб кўрилган 18 ёшли қизнинг онаси ва қариндошлари сазойи қилинди. Бу ҳақда шу йиғинда қатнашган айрим термизликлар Озодликка маълум қилди. Термиз шаҳар ҳокими Исроил Ҳудойбердиев ҳам ҳокимликнинг ахборот хизмати ҳам ҳозиргача ҳодисани изоҳламади.
7 sentabr kuni juma hutbasida O‘zbekiston huquq-tartibot organlarini prezident siyosatiga xilof ravishda, mamlakat fuqarolarining Konstitutsiyada belgilangan diniy erkinliklarini poymol etayotganlikda ayblab chiqqan Yunusoboddagi "Omina" jome masjidining imom xatibi Fazliddin Parpiev Ozodlik bilan suhbatda murojaatidan bir kun o‘tib diniy idora otasi orqali bosim o‘tkazayotganini aytdi. Bundan oldin imom DXX xodimlari juma kuni masjidga kelib, uni so‘roqqa tutgani, diniy idora vakillari esa undan o‘z chiqishidan afsus-nadomatda ekani haqida iqror olishmoqchi bo‘lgani, bunga ko‘nmaganini ta’kidlagandi.
7 сентябр куни жума ҳутбасида Ўзбекистон ҳуқуқ-тартибот органларини президент сиёсатига хилоф равишда, мамлакат фуқароларининг Конституцияда белгиланган диний эркинликларини поймол этаётганликда айблаб чиққан Юнусободдаги "Омина" жоме масжидининг имом хатиби Фазлиддин Парпиев Озодлик билан суҳбатда мурожаатидан бир кун ўтиб диний идора отаси орқали босим ўтказаётганини айтди. Бундан олдин имом ДХХ ходимлари жума куни масжидга келиб, уни сўроққа тутгани, диний идора вакиллари эса ундан ўз чиқишидан афсус-надоматда экани ҳақида иқрор олишмоқчи бўлгани, бунга кўнмаганини таъкидлаганди.
Andijon viloyatining Izboskan tumanida hususiy sayyohlik shirkati orqali 3 ming AQSh dollari to‘lab, Hajga borolmaganlar pullarini qaytarib ololmayotganliklari haqida Ozodlikka shikoyat qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 27 nafar izboskanlik tumandagi "Koinotga sayyohat" shirkatiga ikki oy oldin Hajga borish uchun har biri 3 ming AQSh dollari to‘lagan, lekin Saudiya Arabistoni sayyohlik vizasi bermagani bois, safar amalga oshmagan. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi aholini faqat hukumat yo‘nalishi bo‘yicha Hajga borishni tavsiya qilmoqda.
Андижон вилоятининг Избоскан туманида ҳусусий сайёҳлик ширкати орқали 3 минг АҚШ доллари тўлаб, Ҳажга боролмаганлар пулларини қайтариб ололмаётганликлари ҳақида Озодликка шикоят қилди. Маълум бўлишича, 27 нафар избосканлик тумандаги "Коинотга сайёҳат" ширкатига икки ой олдин Ҳажга бориш учун ҳар бири 3 минг АҚШ доллари тўлаган, лекин Саудия Арабистони сайёҳлик визаси бермагани боис, сафар амалга ошмаган. Ўзбекистон Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари қўмитаси аҳолини фақат ҳукумат йўналиши бўйича Ҳажга боришни тавсия қилмоқда.
Xorazm viloyati Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi o‘tgan oy yosh qiz bilan intim videosi ijtimoiy tarmoqqa chiqib ketgan 61 yoshli mulla Abduhamid Otajonovga videoni tarqatib yuborgan militsiya xodimlariga intozomiy chora qo‘llanilganini ma’lum qilgan. Mulla Otajonov Urganch IIBsidan shunday mazmundagi xatni bu voqea haqidagi maqola Ozodlikda bosilgan 23 avgustdan keyin bir hafta o‘tgach olganini aytdi.
Хоразм вилояти Ички ишлар бошқармаси ўтган ой ёш қиз билан интим видеоси ижтимоий тармоққа чиқиб кетган 61 ёшли мулла Абдуҳамид Отажоновга видеони тарқатиб юборган милиция ходимларига интозомий чора қўлланилганини маълум қилган. Мулла Отажонов ИИБдан шундай мазмундаги хатни бу воқеа ҳақидаги мақола Озодликда босилган 23 августдан кейин бир ҳафта ўтгач олганини айтди.
O‘zbekistonlik foydalanuvchilar mamlakatda Facebook ishlamay qolgani haqda yozishmoqda. Downdetector servisiga ko‘ra, dunyoning ayrim boshqa davlatlari, jumladan Yaponiya va Avstraliyada ham tarmoq faoliyatida uzilishlar bo‘lgan. Foydalanuvchilar asosan server bilan bog‘lanishdagi muammolar haqida ma’lum qilgan. Uzilishlardan birining epimarkazi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi.
Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining o‘qish kontrakt puli ikki baravar oshirilishidan norozi bo‘lgan o‘nlab talabasi 5 sentabr kuni oliygoh rektorati binosi oldida namoyish o‘tkazdi. Ular o‘qish pulini to‘lay olmay bilim yurtidan haydalish xavfi ostida qolganliklarini aytishmoqda. O‘tgan oy Universitet o‘qish pulini 12 million so‘mdan birdaniga qariyb 24 million so‘mga ko‘targandi.
Давомини ўқинг